Ommaviy oferta

Versiya v1 · Yangilangan: 30/07/2026
JR TEAM TRADING — OMMAVIY OFERTA (PUBLIC OFERTA) 1. UMUMIY QOIDALAR 1.1. Ushbu ommaviy oferta (keyingi o'rinlarda "Oferta") JR TEAM TRADING ta'lim platformasi (keyingi o'rinlarda "Platforma") va foydalanuvchi (keyingi o'rinlarda "Foydalanuvchi") o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 1.2. Ro'yxatdan o'tish va to'lovni amalga oshirish orqali Foydalanuvchi ushbu Oferta shartlariga to'liq rozilik bildiradi. 2. XIZMAT PREDMETI 2.1. Platforma trading (savdo) bo'yicha onlayn ta'lim o`qitish, jonli darslarda tushunchalar berish, video darsliklar bilan platformaning ichida ta’minlash, signallar, bozor tahlillari va mentor yordamini taqdim etadi. 2.2. Xizmatlar tanlangan tarif (STANDARD yoki PREMIUM) doirasida ko'rsatiladi. 3. TARIF VA TO'LOVNING AMAL QILISH MUDDATLARI 3.1. STANDARD tarif — 30 (o'ttiz) kun muddatga. 3.2. PREMIUM tarif — 180 (bir yuz sakson) kun muddatga. 3.3. To'lov Payme ilova orqali amlga oshiriladi (boshqa to'lov tizimlari orqali amalga oshirilgan to’lovlar Platforma Adminlari orqali ro`yxatga qo`shiladi). 3.4. To'lov amalga oshirilgach, obuna avtomatik faollashtiriladi. 4. FOYDALANUVCHI HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 4.1. Foydalanuvchi o'z hisobidan (akauntidan) shaxsan foydalanadi. Hisobni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. 4.2. Dars materiallarini nusxalash, tarqatish yoki qayta sotish taqiqlanadi. 4.3. Bitta hisob — bitta qurilma tamoyili amal qiladi; yangi qurilma platforma admini tomonidan tasdig'i talab etadi. 5. INTELLEKTUAL MULK 5.1. Platformadagi barcha materiallar (video, matn, grafika) mualliflik huquqi bilan himoyalangan. 5.2. Ruxsatsiz foydalanish Oʼzbekiston Respublikasining «Tijorat siri toʼgʼrisida»gi Qonuni (OʼRQ-374, 2014 yil 11 sentyabr) 3-moddasi hamda Oʼzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 98-moddasi – "Xizmat va tijorat siri", 1096-moddasi – "Oshkor etilmagan axborotdan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik", 985-moddasi – "Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning umumiy asoslari" bilan javobgarlikka olib keladi. 6. MAS'ULIYAT CHEKLOVI 6.1. Trading yuqori xavf bilan bog'liq. Platforma ta'lim beradi, biroq moliyaviy natijani kafolatlamaydi. 6.2. Foydalanuvchi o'z savdo qarorlari uchun to'liq javobgar. 7. SHAXSIY MA'LUMOTLAR 7.1. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari maxfiylik siyosati asosida qayta ishlanadi va himoyalanadi. 8. YAKUNIY QOIDALAR 8.1. Platforma Oferta shartlarini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. 8.2. Nizolar muzokara yo'li bilan, kelishilmasa O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida hal etiladi.

Ro'yxatdan o'tishda tasdiqlanadigan punktlar

  • Men hisobimdan faqat shaxsan foydalanaman va uni uchinchi shaxslarga bermayman.
  • Dars materiallarini nusxalash, yozib olish yoki tarqatish taqiqlanganini tushunaman.
  • Trading yuqori xavf bilan bog'liqligini va natija kafolatlanmasligini qabul qilaman.
  • Tanlangan tarif muddatini (STANDARD 30 kun / PREMIUM 180 kun) tushunaman.